Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saratonga uchramaslikning eng yaxshi yo‘li ma'lum qilindi
AQShning kasalliklarni nazorat qilish va ularning oldini olish markazi (CDC) mutaxassislari AQShda aniqlangan barcha saratonga uchrashlardan 40 foizi semizlik yoki ortiqcha vaznning paydo bo‘lishiga olib keluvchi boshqa sabablarga ko‘ra chaqirilganini aniqlashdi. Shu tariqa, sog‘lom hayot tarziga amal qilish yomon sifatli o‘simtalar oldini olishning asosiy yo‘li hisoblanar ekan. Bu haqda MedicalXpress saytida ma'lum qilindi.
Tadqiqotda saratonga uchragan 630 ming amerikalik ishtirok etgan. Olimlar semizlik va 13 turdagi yomon sifatli o‘simta, jumladan miya, qizilo‘ngach, ko‘krak bezi, qalqonsimon bez, siydik pufagi, oshqozon, jigar, oshqozon osti bezi, buyraklar, tuxumdonlar, bachadon, yo‘g‘on ichak saratonlari va miyeloma o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashgan. Bu saraton turlari AQShda 2014 yilda qayd qilingan barcha saratonga uchrashlarning 40 foizini tashkil qilgan.
Semizlik bilan bog‘liq bo‘lgan saraton holatlari miqdori 2005 yildan 2014 yilgacha 7 foizga oshgan. Yo‘g‘on ichak saratoniga chalinganlar soni 23 foizga kamaygan, bu esa saratonoldi holatlarining erta diagnostikasi bilan bog‘langan.
CDC mutaxassisi Liza Richardsonning aytishicha, vaznning kamayishi yomon sifatli o‘simtalar paydo bo‘lishi xatarini kamaytirishi mumkin.
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

01:29 / 04.06.2025
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot

15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi

15:30 / 22.05.2025