"Bu Angliyami?": migrantlar avtobus dvigatelida Buyuk Britaniyaga kirib olishdi

Foto: Daily Mail
Buyuk Britaniyada avtobus haydovchisi o‘z transport vositasining motor joylashgan qismida Sudan va Eritreyadan bo‘lgan to‘rt muhojirni topdi, deb yozmoqda Daily Mail.
Nashrning xabar qilishicha, avtobus Fransiyaning Kale shahridan Buyuk Britaniyaga qaytib kelayotgan bo‘lgan. Haydovchi yo‘l bo‘yidagi servisda to‘xtaganida, dvigatel joylashgan yerdan turli tovushlar chiqayotganini eshitdi. Haydovchi motor bo‘lmasini ochgach, u yerdan migrantlarni topgan.
"Motor bo‘lmasini ochdim va u yerda yoqimsiz tasavvur uyg‘otgan yuzni ko‘rdim. U yerdagi harorat Tselsiy bo‘yicha taxminan 65 daraja bo‘lishi kerak edi. Ular to‘rt nafar edi, hamda bu yerda kamida besh yarim soat davomida bo‘lishgan", - deya aytib o‘tdi britaniyalik nashrga.
O‘z navbatida muhojirlar: "Bu Angliyami?" deya baqirishgan. Haydovchi politsiyachilarni chaqirtirdi, ular avtobusdan "chaqirilmagan mehmonlarni" olib chiqishdi.

Mavzuga oid

18:28 / 15.05.2025
Britaniya va Germaniya hamkorlikda yangi qurol yaratadi

19:33 / 14.05.2025
Britaniyada 38 yil qamoqda nohaq o‘tirgan erkak oqlandi

23:00 / 12.05.2025
Britaniya bosh vazirining uyida yong‘in chiqdi - The Times

19:47 / 12.05.2025