Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyek Ma yaqin kelajakda neftdan ham muhimroq narsa nima bo‘lishi mumkinligini aytdi

Foto:REUTERS/Ruben Sprich
30 yildan keyin internet neftdan muhimroq bo‘ladi. Raqamli texnologiyalar ko‘plab muammolarga yechim bo‘ladi va ular odamlarni baxtliroq qilgan holda barqaror rivojlanishga ko‘mak beradi. Bunday fikrni Alibaba Group asoschisi, xitoylik tadbirkor Jyek Ma "Skolkovo"dagi "Ochiq innovatsiyalar" forumida aytib o‘tdi.
Milliarderning fikricha, dunyoni to‘liq elektron tijorat va elektron iqtisodiyot kutmoqda: ishlab chiqarishda yangi ish o‘rinlari tashkil etilmaydi, sababi ishlab chiqarish bilan sun'iy ong shug‘ullanadi, iste'molchilarga esa mahsulot qayerda ishlab chiqarilganining farqi bo‘lmay qoladi.
"Yaqin orada mahsulot Xitoyda, AQShda yoki yana boshqa biror joyda ishlab chiqarilgani ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Ishlab chiqarish bilan sun'iy ong shug‘ullanadi, odamlar esa boshqa narsalar bilan mashg‘ul bo‘ladilar", deb aytgan Ma.
Shu bilan birga Ma odamlar mashinalar ularning o‘rinlarini egallab olishidan xavotirlanmasalar ham bo‘lishini aytdi. "Ha, vaqti kelib mashinalar odamlar kabi ko‘p bo‘ladi. Biroq odamlar odamlar bo‘lib qoladilar, chunki ularda qadriyatlar mavjud", deb aytdi Ma.
"Fikrimcha, dunyoga "katta yigirmatalik" emas, "katta ikki yuztalik" kerak bo‘ladi", deb o‘z so‘zini intiholadi Ma.
Mavzuga oid

17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV

21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

20:44 / 07.04.2025
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi

16:31 / 09.06.2023