Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda «Si Tszinpinga qarsak chal» o‘yini xitga aylandi

Foto: Getty Images
Xitoyda Tencent kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan o‘yin mashhur bo‘lib ketdi. Unda o‘yinchi XXR raisi Si Tszinpinning nutqidan so‘ng qarsak chalishi talab etiladi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
Foydalanuvchi Xitoy yetakchisining nutqidan kichik bir qismni tinglaydi, so‘ng 19 soniya davomida ekrandagi tugmachaga tezroq bosishi talab etiladi. Shu tariqa, o‘ziga xos «qarsaklar» yuzaga keladi. Atigi bir kun ichida «Si Tszinpinga qarsak chal» o‘yinini 400 mln. marta o‘ynab ko‘rishgan.
Avvalroq XXR raisi Si Tszinpin chorshanba, 18 oktabr kuni ochilgan Kommunistik partiya qurultoyida Xitoy davlatga dunyoda markaziy o‘rin va'da qilayotgan yangi davrga kirgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

23:25 / 01.08.2025
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi

08:10 / 01.08.2025
AQSh: Xitoyning Rossiya neftini sotib olishi 100 foizlik bojga sabab bo‘lishi mumkin

07:41 / 01.08.2025
Xitoy O‘zbekistonda 500 mln dollarlik investitsiya fondi tashkil etishni taklif qildi

18:33 / 31.07.2025