Rossiya telekanallaridan birida O‘zbekiston haqidagi hujjatli film namoyish qilindi

Foto: Flickr
Rossiyaning "Kultura” telekanali O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va “Karvon-TV” telekanali bilan hamkorlikda yaratilgan “O‘zbekiston: erishilgan yutuqlar ” hujjatli filmini namoyish etdi.
Film bir soatga mo‘ljallangan bo‘lib, u O‘zbekistonda zamonaviy taraqqiyot bilan birga qadimiy an'analar, urf-odatlar, sharqona donishmandlikning uyg‘unlashuvi haqida so‘zlaydi. Hujjatli filmda mamlakatimizning boy madaniy merosi, qadimiy obidalaridagi noyob epigrafik yozuvlar, shuningdek olimlarimizning bu borada olib borgan izlanishlari alohida qayd etiladi.
"O‘zbekistonning tarixiy me'moriy obidalaridagi yozuvlar bizning buyuk bobolarimiz tomonidan yozib qoldirilgan bo‘lib, ular mehr-muhabbat, tinchlik, ta'lim va bag‘rikenglikni tarannum etadi", - deydi "O‘zbekistonning madaniy merosi" medialoyihasi rahbari Firdavs Abduxoliqov.
Ta'kidlash joizki, "O‘zbekiston: erishilgan yutuqlar" hujjatli filmining s'yomkalari Samarqand, Xiva, Buxoro va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tgan.
Mazkur filmda O‘zbekistonning taniqli me'morlari, sharqshunoslari, tarixchilari va xattotlaridan intervyu olingan. Shu bilan birga, ajoyib kino- va fotohujjatlar, arxiv kadrlar, shaxsiy arxivlar materiallari hamda muzey artefaktlaridan foydalanilgan.
Filmning asosiy konsepsiyasi taraqqiy etgan va ma'rifiy islom - tinchlik, mehr-muhabbat, bag‘rikenglik va ma'rifat dini ekanidadir.

Mavzuga oid

08:40
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025