Amazonka o‘rmonlarida qaroqchilardan qochgan amerikalik oila topildi

Braziliyada qaroqchilar hujumiga uchragan 4 kishidan iborat amerikalik oila topildi. Oila qaroqchilar hujumidan qutulishga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar bermoqda globo.com portali.
Amerikaliklar 30 oktabrda Amazonka bo‘ylab paromda ketayotganlarida qaroqchilar hujumiga uchraganlar. Bosqinchilar amerikalik oilaga tegishli narsalarni o‘g‘irlashgan, oila esa yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.
Braziliya ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, oila er-xotin va ularning 3 va 7 yoshli farzandlaridan iborat bo‘lgan. Ular 1 noyabrda Para shtatidagi qishloq aholisi tomondan topilganlar. Oila Amazonka bo‘ylab serfing doskasida suzayotgan bo‘lgan. Amerikaliklar topilganlarida juda kuchsizlangan va qo‘rqqan holda bo‘lganlar. Shifokorlar ularda hasharotlar chaqqan izlardan boshqa jarohatlar topishmagan.
Mavzuga oid

19:37
Dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi

22:57 / 26.03.2025
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bo‘yicha sud qilinadi

11:51 / 26.03.2025
Argentina Braziliyaga 4 ta gol urdi. Messi va jamoa titulni himoya qiladi

22:03 / 19.03.2025