Halokatga bir baxya qoldi... (video)

Foto: The Sun
Norvegiyalik maktab o‘quvchisi ko‘p tonnali yuk mashinasi ostida qolishiga bir baxya qoldi. Yuk mashinasining tezkor reaksiyasi sabab halokatning oldini olishga muvaffaq bo‘lindi. The Sun shu haqidagi xabari va video bilan bo‘lishdi.
Voqea qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan avtomobilning videoregistratorida muhrlanib qolgan. Kadrlarda trassada avtobus to‘xtagani va undan bir necha bolaning tushib qolganini ko‘rish mumkin. Maktab o‘quvchilari avtobusning orqasiga o‘tib yo‘ldan o‘tishga chog‘lanishdi, bu vaqt ular avtobus sabab qarama-qarshi tomondan kelayotgan yuk mashinasini ko‘rmay qolishdi.
Shu payt bolalardan biri yo‘ldan tezda o‘ta boshlaydi. Yuk mashinasi uni bosib ketishiga bir baxya qoldi, haydovchi keskin tormozni bosadi va boladan bir necha santimetr masofada to‘xtaydi.

Mavzuga oid

12:09 / 08.03.2025
Zominda yuk mashinasi yonib ketdi

11:42 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni urib ketdi

15:34 / 03.11.2024
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

07:50 / 31.10.2024