Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda quyosh panellaridan yo‘llar qurilmoqda
O‘tgan yilning sentabrida Qilu Transportation Development Group kompaniyasi Tszinan shahrida ilk quyosh panellaridan yo‘l loyihasi qurilishini tugalladi. 10 oy davom etgan qurilish davomida yo‘llar 660 kvadrat metr quyosh batareyalari bilan jihozlandi. Electrek shu haqida xabar berdi.
Hozir "quyosh yo‘li"ning tezkor Tszinan avtomagistralida 1,6 kilometrli ikkinchi loyihasining qurilish bosqichi yakunlandi.
Yo‘l uch qatlamdan iborat. Ustki qatlam "shaffof beton" ko‘rinishida bo‘lib, u asfaltning tuzilmaviy xususiyatlariga ega innovatsion material hisoblanadi. Ikkinchi qatlam - quyosh panellarining o‘zi. Quyi qatlam quyosh batareyalarini pastdagi nam yerdan himoyalovchi innovatsion materiallardan iborat.






Yo‘l hatto yirik transport vositalariga ham chidamli, ancha mustahkam bo‘ladi. Loyiha muhandislarining aytishicha, tez orada ularda elektromobillarni yo‘l-yo‘lakay simsiz zaryadlash funksiyasi joriy qilinadi.

Mavzuga oid

23:46 / 30.07.2025
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi

21:38 / 30.07.2025
Gigantga aylanib ulgurgan Xitoy: O‘zbekiston undan nimalarni o‘rgansa bo‘ladi?

14:57 / 30.07.2025
Tramp AQSh va Xitoy tarif sulhini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi

22:56 / 29.07.2025