«Barselona» yana bir transfer masalasini hal qildi

Braziliyaning «Palmeyras» klubi himoyachisi Yyerri Mina qishki transferlar vaqtidayoq «Barselona» futbolchisiga aylanadi. Bu haqda RAC1 radiostansiyasi xabar tarqatdi.
Kataloniya radiosi bergan ma'lumotga ko‘ra, klublar 23 yoshli Minaning transferini 12 million yevro evaziga amalga oshirish bo‘yicha kelishib olgan.
Kolumbiyalik futbolchi chorshanba kuni «Barsa»ning yangi a'zosi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni «Barselona» qishki transferlar vaqtidagi ilk transferini amalga oshirib, Koutinoni o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Mavzuga oid

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

19:27 / 26.04.2025
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi

07:53 / 23.04.2025