Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh shtabi Afrinda 557 terrorchi yo‘q qilinganini ma'lum qildi

Foto: AFP 2018 / George Ourfalian
Turkiya harbiy-havo kuchlari Suriyaning Afrinida 28 yanvardagi operatsiya davomida terrorchilik tashkilotlarining 73 a'zosini yo‘q qildi. Operatsiya boshlangandan beri esa umumiy hisobda 557 terrorchi yo‘q qilingan.
“Turkiya harbiy-havo kuchlari “Zaytun shoxi” operatsiyasi davomida 20 ta nishon – PYD (“Demokratik ittifoq”), YPG (kurdlarning mudofaa kuchlari) va IShID terrorchilik tashkilotining boshpanalari, o‘t ochish nuqtalari, qurol omborlarini yo‘q qilgan. Operatsiyada 13 ta samolyot ishtirok etgan, ularning barchasi bazaga qaytgan. 73 terrorchi, operatsiya boshidan beri esa 557 terrorchi yo‘q qilingan. Ikki turk harbiysi yaralangan”, deyilgan bosh shtab xabarida.
Ta'kidlanishicha, operatsiya reja bo‘yicha ketmoqda.
Mavzuga oid

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025