Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Atletiko» yirik g‘alabaga erishdi

Madridning «Atletiko» klubi Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida «Selta»ga qarshi o‘ynadi.
Madridda kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinda gollarni Antuan Grizmann (44), Viktor Vitolo (56) va Anxel Korrea (63) urishdi.
Bu g‘alaba evaziga «Atletiko» Primera turnir jadvalidagi ikkinchi o‘rinni mustahkamladi va 64 ochko to‘plagan holda uchinchi o‘rindagi «Real»ni 7 ochko ortda qoldirmoqda. Birinchi o‘rindagi «Barselona» hisobida esa 72 ochko bor.
Bu tur doirasida bugun yana bir uchrashuv Kataloniyada bo‘lib o‘tdi. «Espanol» «Real Sosedad»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 41-daqiqasida Villian Joze mehmonlar jamoasini oldinga boshlagandi. Ammo ikkinchi bo‘limda Leo Baptistau hisobni tenglashtirdi, Xerar Moreno 72-daqiqada mezbonlarning g‘alabasini ta'minlovchi golni urdi.
Endilikda «Espanol» ochkolari sonini 35taga yetkazgan va Ispaniya chempionati turnir jadvalida 12-o‘ringa ko‘tarilgan. «Real Sosedad» 33 ochkosi bilan 13-o‘rinda qolgan.
Ispaniya chempionati
28-tur
Atletiko – Selta 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 44 Grizmann, 2:0 – 56 Vitolo, 3:0 – 63 Korrea.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Vrsalko, Godin, Vitolo (Korrea, 59), Gabi, Saul, Koke, Diyego Kosta (Torres, 80), Grizmann (Gameyro, 69).
Selta – Blanko, Ronkalya, Kastro, Malo, Gomes (Kabral, 77), Ernandes, Lobotka, Radoya (Brais Mendes, 66), Mor, Aspas (Boyye, 72), Maksi Gomes.
Ogohlantirishlar: Saul (48), Aspas (49), Gomes (51).
Espanol – Real Sosedad 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 41 Villian Joze, 1:1 – 51 Baptistao, 2:1 – 72 Moreno.
Espanol – Lopes, Karikol, Mark Navarro (Lopes, 86), Duarte, Lopes Silva, Granero, Sanches, Pyatti (Melendo, 73), Sanches, Baptistao (Xurado, 81), Moreno.
Real Sosedad – Moyya, Moreno, Lorente, de la Belya, Odriosola, Ilyarramendi, Subeldiya, Kanales (Bautista, 79), Oyarsabal, Xuanmi (Surutusa, 57), Villian Joze (Yanuzay, 67).
Ogohlantirishlar: Lorente (14), de la Belya (87).
Mavzuga oid

12:00 / 16.06.2025
Messi golsiz boshladi, «PSJ» «Atletiko»ni ham yakson etdi, «Bavariya» 10 ta gol urdi

11:29 / 26.02.2025
«Barsa» va «Atletiko» o‘yinida 8 ta gol urildi

16:28 / 08.02.2025
«Real» «Atletiko»ga qarshi, «Manchester Siti» nimchorakfinal yo‘llanmasi uchun kurashadi. Hafta o‘yinlari anonsi

10:13 / 22.01.2025