Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehronda O‘zbekiston-Eron savdo uyi ochildi

Foto: Tashqi savdo vazirligi
10 aprelda O‘zbekiston delegatsiyasining Eronga tashrifi doirasida O‘zbekiston-Eron savdo uyi ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va Eron Sanoat, konlar va savdo vaziri o‘rinbosari Mujtoba Husravtoj tantanali tarzda yangi savdo uyi va O‘zbekiston milliy mahsuloti shou-rumi ishiga start berishdi. Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov va ikki davlat biznes doiralari vakillari ham ishtirok etishgan.
Savdo uyi Uzsanoatexport aksiyadorlik jamiyati tomonidan Eronning FawakehSompany kompaniyasi bilan hamkorlikda ochilgan.
Vazir Jamshid Xo‘jayevning ta'kidlashicha, savdo uyining asosiy vazifasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Eronda faol ilgari surishdan iborat bo‘ladi.
Mavzuga oid

11:35
O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo uyi tashkil etiladi

08:24
AQSh va Yevropa Eron yadroviy kelishuvi uchun dedlayn belgilaydi

22:51 / 17.07.2025
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi

08:04 / 16.07.2025