Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Gretsiyaga Egey dengizidagi ig‘vogarliklari uchun javob berishini aytdi

Foto: RIA Novosti / Andrey Stenin
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bakir Bo‘zdag‘ Gretsiyani Egey dengizida ig‘vogarliklar sodir etishda aybladi va agar bunday harakatlar davom etsa, javob berish bilan tahdid qildi.
Avvalroq Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Gretsiyani Egey dengizidagi bahsli orollardan birida bayrog‘ini o‘rnatgani uchun qoralab, Afinaga bu hududda eskalatsiyadan tiyilishni tavsiya qilgandi.
“Biz Gretsiya bilan yaxshi qo‘shnichilik uchun muhim qadamlarni amalga oshirdik. Biroq Afina o‘zining ichki siyosati sababli ig‘vogar bayonotlar bermoqda. Bizning munosabatlar ichki siyoiy hisob-kitoblar qurboni bo‘lmasligi kerak. Gretsiya Egey dengizidagi bunday harakatlarga jim qarab turadi, deb o‘ylamasin. Kelib, bayroqni o‘rnatib, “bizning orol” deyishmoqda. Ular bunday ig‘vogarliklarni bas qilishlari kerak, yo‘qsa biz o‘zimiz istamaydigan choralarni ko‘ramiz”, deb aytgan Bo‘zdag‘.
Uning aytishicha, Turkiya bolalarcha ig‘volar bilan shug‘ullanayotgan Gretsiyadan farqli, o‘zini aqli-raso tutmoqda. Bo‘zdag‘, shuningdek, 2016 yildagi davlat to‘ntaruvidan keyin Gretsiyaga qochgan 8 turk harbiysining qaytarilishini hamon talab qilayotganini qo‘shimcha qilgan.
1996 yilda Egey dengizidagi Imia deb nomlanuvchi ikkita orolga egalik qilish bo‘yicha bahs Gretsiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarda inqirozga olib kelgan. O‘shanda mojaro xalqaro hamjamiyat, NATO va AQSh aralashuvidan keyin to‘xtagan.
Mavzuga oid

13:08 / 25.07.2025
Rossiyalik erkak Gretsiyada 118 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

09:02 / 24.07.2025
Moldovadan qochgan oligarx Plaxotnyuk Gretsiyada ushlandi

17:34 / 07.07.2025
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi

21:51 / 30.06.2025