Eron unga raketalar nima uchun kerakligini aytdi

Foto: AFP 2018 / Atta Kenare
Tehron ommaviy qirg‘in uchun mo‘ljallangan raketalar ishlab chiqmaydi, AQSh va uning ittifoqdoshlari esa Eronni o‘zini mudofaa qilish huquqidan cheklay olmaydi, deb aytildi Eron hukumati bayonotida.
“AQSh va uning ittifoqdoshlari Eronning qonuniy mudofaa vositalariga, jumladan an'anaviy qurolni yetkazish uchun ishlab chiqilgan raketa mudofaasiga cheklov qo‘ya olmaydi”, deyilgan bayonotda.
Eron hukumatining ta'kidlashicha, bunday qadam xalqaro huquq tamoyillari, jumladan mudofaa huquqining “ochiqchasiga buzilishi” hisoblanadi.
Bir qator g‘arb va Yaqin Sharq davlatlarining Eronning mintaqadagi ta'siridan xavotiri ortida Tehron Iroq va Suriyada qonuniy qolayotgani hamda aynan Eronning Bag‘dod va Damashqni qo‘llab-quvvatlashi ekstremizmga qarshi kurashda samarali bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

12:18 / 15.05.2025