«Qrim Ukrainaning bir qismi!» - AQSh yangi ko‘prik bo‘yicha bayonot berdi

Foto: Sputnik / Georgiy Zimarev
AQSh Davlat departamenti seshanba, 15 may kuni, Kerch bo‘g‘ozi orqali Qrim ko‘prigi bo‘ylab harakatning ochilishiga izoh berdi. Amerika tashqi siyosat idorasining rasmiy vakili Xizer Nauert nomidan qilingan bayonot Davlat departamentining veb-saytida joylashtirildi.
«Qo‘shma Shtatlar Ukraina hukumati ruxsatisiz amalga oshirilgan, Rossiya bilan bosib olingan Qrim o‘rtasida ko‘prikning qurilishi va qisman ochilishini qoralaydi. Qrim Ukrainaning bir qismidir. Rossiya tomonidan ko‘prikning qurilishi Rossiyaning xalqaro huquqni buzishga tayyorligini eslatadi», - deya ma'lum qildi Nauert.
Bayonotda aytilishicha, ko‘prik «Rossiya tomonidan Qrimni noqonuniy olib qo‘yish va bosib olishni mustahkamlash urinishi, balki Kerch bo‘g‘ozidan o‘tadigan, - Ukrainaning Azov dengizidagi hududiy suvlariga kirishning yagona yo‘li, - kemalarning o‘lchamini cheklab qo‘yadi». «Biz Rossiyani bu kemalar qatnovini to‘sib qo‘ymaslikka chaqiramiz», - deya ma'lum qilgan Nauert.
Uning yana bir bor ta'kidlashicha, Rossiyaga nisbatan, Qrimning qo‘shilishi bilan bog‘liq holda joriy etilgan sanksiyalar yarim orol Ukraina tarkibiga qaytmagunga qadar saqlanib qoladi.
Avvalroq, Yevropa ittifoqining tashqi siyosiy xizmati Kerch bo‘g‘ozi orqali ko‘prik qurilishini Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligining buzilishi deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval UXX Rossiya nazoratida bo‘lgan mediatuzilmalar faoliyati fosh etilganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

19:00 / 18.05.2025
AQShda 2 yoshli bola 15-qavatdan tushib ketib, omon qoldi

17:25 / 18.05.2025
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:28 / 17.05.2025