Samolyotga kech qolgan yo‘lovchi uni “shturm bilan olmoqchi” bo‘ldi (video)
Melburn aeroportida samolyotga kech qolgan yo‘lovchi uni “shturm bilan olmoqchi” bo‘ldi, deb yozmoqda Daily mail nashri .
Yo‘lovchi reysga kech qolganini bilgach, siqilib chekishga tushib ketgan va birdan aeroportning chiqish eshigi orqali parvoz maydoniga “otilgan”. Voqea joyidan olingan videoda janjalkash yo‘lovchi samolyotning yopiq eshigini ochishga urinayotganini ko‘rish mumkin.
Voqea guvohining aytishicha, yo‘lovchi uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan xodimlar bilan mushtlashib ketgan. Buning oqibatida 2 kishi kichik jarohat olgan.
Keyinroq erkak ushlanib, olib ketilgan, samolyot esa parvoz qilishdan oldin muhandislar tomonidan ko‘zdan kechirib chiqilgan.
Mavzuga oid

17:41 / 25.04.2025
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi

16:53 / 11.04.2025
Vashingtonda bortida kongressmenlar bo‘lgan ikki samolyot to‘qnashib ketdi

23:36 / 26.03.2025