Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Saloh 2 oyga safdan chiqqan. U jahon chempionatiga bormaydi

«Liverpul»ning misrlik yarim himoyachisi Muhammad Saloh ikki oy muddatga safdan chiqqan va u Rossiyadagi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Sport qo‘mitasi rahbari Turkiy al-Shayx ma'lumot bergan.
«Chuqur afsus bilan ma'lum qilamanki, futbol yulduzi Muhammad Saloh jarohat tufayli ikki oy maydonga tusha olmaydi. Bu esa u jahon chempionatida bizga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligini bildiradi. Unga sog‘lik tilaymiz», deya al-Shayxning so‘zlarini keltirgan AS nashri.
25 yoshli ushbu futbolchi Chempionlar ligasi finalida «Real»ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limida jarohat olib, maydonni tark etgandi.
Oxirgi xabarlarda uning tiklanishi uchun 3 hafta vaqt ketishi, u jahon chempionatiga borishi, lekin guruh bosqichida Urugvayga qarshi kechadigan birinchi o‘yinni o‘tkazib yuborishi aytilgandi.
Futbolchining chap yelkasida bo‘g‘imlar uzilgani taxmin qilinmoqda. Dushanba kuni u to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shifokorlar unga aniq tashxis qo‘yishadi.
Ma'lumot uchun, Misr terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida Rossiya, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga raqib bo‘lgan.
Mavzuga oid

17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

14:29 / 11.04.2025
«Liverpul» Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirdi

17:00 / 26.09.2024
Chempionlik kurashiga ta’sir qiluvchi jarohat - Rodrisiz «Siti»ning titul poygasidagi imkoniyatlari qanday?

09:43 / 28.04.2024