Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salohning holati bo‘yicha oxirgi ma'lumot berildi

Foto: REUTERS/Hannah McKay
«Liverpul»ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh 4 haftagacha vaqtni jarohatini davolash bilan o‘tkazib yuborishi mumkin.
L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, YeChL finalida «Real»ga qarshi kechgan o‘yinning birinchi bo‘limida chap yelkasidan jarohatlanib maydonni tark etishga majbur bo‘lgan futbolchi Ispaniyada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Uning chap yelkasidagi bo‘g‘imlar uzilishi qayd etilgan va u bu jarohatini davolash uchun 3 haftadan 4 haftagacha vaqt sarflashi mumkin.
Bu holda Saloh Misr terma jamoasining JCh-2018 guruh bosqichida 15 iyun kuni Urugvayga qarshi va 19 iyun kuni Rossiyaga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.
Futbolchi 27 may kuni tiklanish jarayonini boshlagan, 29 may kuni u Ispaniyaga uchib kelib, da'volanish kursini davom ettirgan. U bu jarayonni yakunlab, Misr terma jamoasi ixtiyoriga yetib boradi.
28 may kuni futbolchi ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqish qilib, jahon chempionatida terma jamoasiga yordam bera olishiga ishonch bildirgandi.
Mavzuga oid

17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

14:29 / 11.04.2025
«Liverpul» Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirdi

09:43 / 28.04.2024
Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish

08:52 / 19.10.2023