Tramp Kim Chen Inning maktubini ko‘rsatdi

Foto: Oq uy axborot xizmati
Oq uy AQSh prezidenti Donald Trampning Koreya Mehnat partiyasi MQ raisi o‘rinbosari Kim Yon Chxoldan Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In maktubini qabul qilib olayotgani tasvirlangan fotosuratini e'lon qildi. Bu haqda The Hill yozmoqda.
Tramp maktubni qiziqarli va yaxshi, deb atagan, biroq uni hali o‘qimaganini tan olgan. Ta'kidlanishicha, maktubni topshirishdan avval, uni AQSh mansabdor shaxslari ko‘zdan kechirishgan.
The Wall Street Journal gazetasi ma'lumotiga ko‘ra, KXDR yetakchisi o‘z maktubida davlatlar o‘rtasidagi sammitni o‘tkazishdan manfaatdor ekani haqida yozgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagonning AQSh - KXDR muzokaralaridagi o‘rni aytilgandi.
Mavzuga oid

10:37 / 28.04.2025
Tramp yangi antirekord o‘rnatdi

16:07 / 27.04.2025
«Titanik» yo‘lovchisi yozgan maktub 300 ming funtga sotildi

09:43 / 26.04.2025
Kim Chen In «imperialistik qaroqchilar»ga qarshi mo‘ljallangan kemani suvga tushirdi

10:16 / 08.04.2025