Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq deputat Anvar Boyqulov vafot etdi

Oliy Majlisning O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan sobiq deputati Anvar Boyqulov vafot etdi. Bu haqda Alisher Ravshanov Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
“Avvalo mehribon ota, farzandlari uchun chinakam jonkuyar inson, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi Anvar Abdug‘apporovich endi oramizda yo‘q. Anvar aka bilan ikki marta: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashida birga ishlash nasib etdi. Nasib etdi deya, shunchaki ulug‘lash niyatidan yiroqman. Ammo qanday jonkuyar inson endi oramizda yo‘qligini faqat birga ishlaganlargina ko‘proq biladi. O‘z manfaatidan vatan manfaatini, xalq istagini ustun bilishda ko‘pchiligimizga o‘rnak bo‘ladigan inson edi. Beshafqat o‘lim bu safar ana shunday mehnatsevar ustozni oramizdan olib ketdi. Alloh rahmatiga olsin, joylari jannatda bo‘lsin. Yaqinlariga sabr bersin”, - deb yozadi A.Ravshanov.
A.Boyqulov Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
KUN.UZ tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi.
Mavzuga oid

16:11 / 12.06.2025
“Konstitutsiyaga zid tartib bekor qilinish kerak” - XDP taksichilar masalasida vazirni gilamga chaqirdi

11:18 / 23.03.2025
«Chunki puli tugaydi» - Alisher Qodirov saylovdan keyin partiyalar jim bo‘lib qolishi haqida

15:25 / 13.01.2025
Faol deputatlar milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi

17:50 / 19.12.2024