AQSh Guantanamoga yangi mahbuslarni jo‘natishi mumkin

Foto: AP/ Brennan Linsley
AQSh ma'muriyati Kubadagi Guantanamo turmasiga IShIDning bir necha jangarilarini joylashtirishi mumkin. Bu haqda NBC telekanali ma'lum qildi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Guantanamoga noma'lum muddatga IShIDning “o‘ta xavfli” terrorchilari qamalishi mumkin. Shu bilan birga o‘z davlatlari qabul qilishni istamagan kamroq ahamiyatdagi jangarilar Iroqdagi turmalarga jo‘natiladi.
Telekanalning ta'kidlashicha, Kubadagi turmaga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan ilk mahbuslar orasida Buyuk Britaniya fuqarolari, IShIDning “Bitlz” nomi bilan ma'lum bo‘lgan guruhi a'zolari – Amon Koti va Al Shafi ash-Shayx bo‘lishi mumkin.
“Bitlz” guruhi Buyuk Britaniyaning 4 fuqarosidan tashkil topgan bo‘lgan. Guruh yetakchisi “Jihodchi Jon” kabi ma'lum bo‘lgan Muhammad Amvazi bo‘lgan. U 2015 yilda dron yordamida yo‘q qilingan.
Bu guruh 2014 yildan 2015 yilgacha davr ichida 20 ga yaqin xorijiy asirni, jumladan amerikalik jurnalistlar Jyeyms Fouli va Stiven Sotlofni qatl etgan.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

09:46