Timoshenko Donbass bo‘yicha muzokaralar shaklini o‘zgartirmoqchi

Foto: RIA Novosti
Ukrainaning «Batkivshchina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko mamlakatda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgach, Donbassdagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar shaklini o‘zgartirishga va'da berdi. Siyosatchi bu haqda Vinnitsa oblastining Kazatin shahridagi mitingda aytib o‘tdi.
Timoshenkoning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni o‘z shartlarida mintaqada tinchlikka erishadi hamda Donbassni mamlakat tarkibiga qaytaradi.
«Donbassda Ukraina qonunlari qayta tiklanadi, qurolsizlantirilgan hudud bo‘ladi, biz 2 million qochqinni qaytaramiz», - deya ma'lum qildi Timoshenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mintaqadagi harbiy harakatlar «ba'zilar uchun juda kerak». Shuningdek, uning ta'kidlashicha, mamlakatda shartnoma asosidagi armiyani yaratish lozim, sababi omon qolish uchun chegaralarni himoya qilish kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenko aslida qanday kasbni egallamoqchi bo‘lganini aytgandi.
Mavzuga oid

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

18:00 / 14.06.2025
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

13:18 / 14.06.2025
YeI ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoyani 2027 yil martigacha uzaytirdi

12:36 / 14.06.2025