OAV: AQSh diplomatlariga «akustik hujumlarda» chigirtkalar izi topildi

Foto: Yamil Lage/Agence France-Presse/Getty Images
2016 yilda Kubaga safar davomida AQSh diplomatlariga «akustik hujum»lardan birining yozuvida aslida juda katta qora chigirtkaning ovozi bo‘lgan. Olimlar shunday xulosaga kelishdi, deb yozadi The New York Times gazetasi.
Xususan, 2016 yil noyabrida amerikalik diplomatlar doimiy va g‘alati tovushlar haqida shikoyat qilishgan. Keyinchalik diplomatlarda bosh og‘rig‘i, qayd qilish va eshitish qobiliyatining yo‘qolishi kabi alomatlar paydo bo‘ldi. Taxminan yigirmaga yaqin diplomatni tekshiruvdan o‘tkazish bosh miya chayqalishi va boshqa jarohat belgilarini ko‘rsatdi, shundan so‘ng AQSh diplomatlariga «akustik hujum» versiyasi paydo bo‘ldi.
NYT’ning ta'kidlashicha, OAVda xalqaro mojaro fonida diplomatlar tomonidan olingan va Associated Press agentligi tomonidan e'lon qilingan audioyozuv keng tarqaldi. Berklidagi Kaliforniya universitetidan bo‘lgan Aleksandr Stabbs va Angliyadagi Linkoln Universiteti xodimi Fernando Montealegrening xulosasiga ko‘ra, audioyozuvdagi tovushlar qora chigirtkalarga tegishli. Ularning ogohlantirishicha, bu xulosalar diplomatlar hujumga uchramagan, degani emas.
Mavzuga oid

11:25
YeI va AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qildi

10:41
Kiyev Trampni Rossiyani o‘t ochishga majburlash uchun sanksiyalardan foydalanishga chaqirdi

09:36
O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik masalasini muhokama qildi

23:06 / 02.06.2025