Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abe Kuril orollari bo‘yicha bitim qanday shartda imzolanishini aytdi

Foto: kremlin.ru
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening ma'lum qilishicha, Rossiya va Yaponiya janubiy Kuril orollari bo‘yicha tinch bitim imzolashning uddasidan chiqa oladi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, bu uning parlament ochiq sessiyasi vaqtidagi chiqishi davomida ro‘y bergan.
«Bizning xalqlar o‘zaro ishonch va do‘stlikni chuqurlashtirib, hududiy muammoga yechim topadi hamda tinch bitimni imzolaydi», - dedi Abe.
Shu bilan birga, Yaponiya yetakchisining ishonch bildirishicha, bitim 1956 yilgi Qo‘shma deklaratsiya bandlari asosida imzolanadi. Aniqlik kiritilishicha, bu hujjatda Tokioga Kuril orollari janubiy qismini berish istisno etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyaliklar Kuril orollari bo‘yicha o‘z fikrini bildirgandi.
Mavzuga oid

17:52 / 02.08.2025
O‘zbekiston pavilioni Expo 2025 ko‘rgazmasida eng yuksak mukofotni oldi

11:19 / 02.08.2025
Yaponiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

22:38 / 26.07.2025
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi

09:20 / 25.07.2025