Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda milliard dollarlik giyohvand modda aniqlandi

AQSh huquq-tartibot idoralari deyarli bir milliard dollarga baholanayotgan rekord miqdordagi giyohvand moddani aniqlashdi. Ushbu giyohvand moddalar Avstraliyaga ikkita katta konteynerda yetkazilishi kerak bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, topilgan giyohvand moddalar orasida 1,5 tonnadan ko‘proq metamfetamin, 25 kg kokain va 5 tonna geroin bo‘lgan.
Operatsiya AQSh va Avstraliya huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda o‘tkazilgan.
Avstraliyaning Viktoriya va Yangi Janubiy Uels shtatlarida ushbu kontrabandaga aloqador 6 kishi qo‘lga olingan.
Avstraliyada narkotrafik uchun tayinlanadigan eng oliy jazo umrbod qamoq jazosi hisoblanadi.
Mavzuga oid

16:30
Tramp ma’muriyati Ozarboyjon va Markaziy Osiyoni «Ibrohim kelishuvlari»ga qo‘shmoqchi. O‘zbekiston TIV izoh berdi

13:22
Germaniya AQSh bilan kelishilgan holda Ukrainaga ikkita Patriot'ni beradi

12:49
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56