Hindistondagi portlashda 18 politsiyachi halok bo‘ldi

Foto: ndtv
Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida qo‘lbola bombaning portlashi oqibatida 18 politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, bomba markaziy zaxira politsiya kuchlari xodimlari Pulvama okrugida avtomobilda ketishayotganda portlatilgan. ANI axborot agentligining ma'lum qilishicha, portlashdan keyin voqea joyida otishma ovozlari eshitilgan.
Yana 13 kishi og‘ir ahvolda bo‘lib, ular Srinagar shahrida joylashgan harbiy bazadagi gospitalga yetkazilganlar.
Hujum uchun javobgarlikni “Jayishi Muhammad” guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Ushbu guruh Jammu va Kashmir shtatida harakat qiluvchi o‘ndan ko‘proq ayirmachi guruhlardan biri bo‘lib, shtatning Hindistondan mustaqil bo‘lishi va qo‘shni Pokistonga qo‘shilishi uchun kurash olib boradi. Guruh Kashmirning Pokiston tomonidan nazorat qilinuvchi qismida joylashgani va u yerdan hind shtatiga hujumlar uyushtirib turishi aytiladi.
Kashmirda Hindiston va Pokiston o‘rtasida rasmiy chegara yo‘q, ikki davlatni nazorat chizig‘i ajratib turadi. Nyu-Dehli Pokiston hukumatini qurollangan ayirmachilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblaydi, Islomobod bu ayblovlarni rad etib, Kashmir aholisi o‘z huquqlari uchun mustaqil kurash olib borishini aytib keladi.
Mavzuga oid

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

15:34 / 26.04.2025
“Suv urushi” ehtimoli: Hindiston Pokistonni suvsiz qoldirish bilan tahdid qilmoqda

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

02:00 / 26.04.2025