Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb tan oldi

Foto: Noticias ao Minuto
Janubiy Koreya Venesuela milliy assambleyasi spikeri Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik rahbari deb tan oladi va zudlik bilan prezident saylovi o‘tkazishga chaqiradi, deb bayonot berdi Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirligi.
Vazirlik "prezident vazifasini bajarayotgan Guaydo boshchiligida qisqa muddat ichida demokratik, shaffof va ishonchga munosib bo‘lgan prezident saylovi o‘tkazilishini talab qilishi"ni ta'kidlagan.
Xuan Guaydo 23 yanvar kuni o‘zini Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb e'lon qildi. AQSh va 20dan ortiq Yevropa davlatlari uni mamlakat rahbari deb tan oldi. Rossiya, Xitoy va yana bir nechta davlat Nikolas Maduroni mamlakatning qonuniy prezidenti sifatida qo‘llab-quvvatlamoqda.
Avvalroq AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton agarda Venesuela harbiylari “demokratiya tarafiga o‘tmasa” mamlakat yangi sanksiyalarga duch kelishi mumkinligini bildirgandi.
Mavzuga oid

09:25 / 28.07.2025
Parkentda Koreya andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi

07:51 / 08.07.2025
O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi faxriy maslahatchisi tayinlandi

22:38 / 10.06.2025
“Yangi prezident mehnat immigratsiyasini kengaytirishi mumkin” - koreyalik professor bilan suhbat

09:33 / 04.04.2025