Hindiston vs Pokiston. Yangi otishma oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Foto: PTI
Hindiston va Pokiston harbiylari Kashmir bahsli mintaqasidagi chegara hududida otishma sodir etishdi. Bu haqda AP xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, ro‘y bergan hodisa oqibatida kamida to‘rt nafar oddiy fuqaro halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari yaralangan.
Pokiston hukumatidan bildirishlaricha, Hindiston qo‘shinlari Kashmir hududidagi chegaraoldi qishloqlariga tartibsiz zarbalar bergan, buning natijasida yosh bola ham hayotdan ko‘z yumdi.
Aniqlik kiritilishicha, artilleriyadan o‘qqa tutish oqibatida yana uch kishi jarohatlangan. Shuningdek, bir nechta uy butunlay vayron bo‘ldi.
Pokistonning qayd etishicha, bu harakatlarga javob qaytarish «shunga munosib» bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi havo jangining bir qismi videoga tushib qolgandi.
Mavzuga oid

21:10
Hindistonda Dreamliner qulashi: aviahalokat sababi nima bo‘lishi mumkin?

18:43 / 12.06.2025
OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

14:03 / 12.06.2025