AQShda noodatiy katta o‘lchamdagi timsoh aniqlandi

Foto: cbsnews
AQShning Jorjiya shtatida mahalliy fermer irrigatsiya zovurida vazni 320 kilogramm va uzunligi 4 metrdan oshadigan ulkan timsohni aniqladi.

Ulkan yirtqichning surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, biroq ko‘pchilik uning haqiqiyligiga shubha bildirgan.
Tabiiy zaxiralar departamenti xodimi Brent Xauz o‘z hamkasblari bilan voqea joyiga chiqib, suratlarning haqiqiyligini tasdiqlashgan. Biologning aytishicha, u bunchalik katta o‘lchamdagi timsohni birinchi marta ko‘rishi. Uning ta'kidlashicha, timsoh bunday katta o‘lchamlarga yetish uchun odamlarning ko‘ziga ko‘rinmasligi kerak bo‘lgan.
Timsohni zovurdan chiqarish uchun og‘ir texnika va ancha vaqt talab qilingan. U ko‘zdan kechirilganda yaralangani, uning badanida bir nechta, jumladan o‘qotar jarohat borligi aniqlangan.

Mutaxassislar timsohning yoshini 50 lar atrofida baholashgan. Timsohni olgan jarohatlari sababli uxlatish yo‘li bilan o‘ldirishga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid

11:39
«AQSh eng kuchli harbiy uskunalarni ishlab chiqaradi va Isroilda ular juda ko‘p» – Tramp Eronga tahdid qildi

21:55 / 13.06.2025
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi

21:42 / 13.06.2025
Isroil hujumdan oldin Eron qo‘mondonligi a’zolarini aldab bir joyga yig‘di – OAV

16:47 / 13.06.2025