Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Boeing 737 MAX’ni vaqtincha taqiqlashga qaror qildi

Foto: REUTERS/Thomas Peter/File Photo
Xitoy aviakompaniyalari Afrikada halokatga uchragan laynerga o‘xshash bo‘lgan Boeing 737 MAX samolyotlaridan foydalanishni to‘xtatadi. Bu mamlakat fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi ko‘rsatmasiga ko‘ra amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda Reuters Xitoyning Caijing nashriga tayangan holda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari tomonidan qariyb 60ta shunday samolyot ishlatiladi. «Interfaks» xabariga qaraganda, ularning o‘rniga Boeing 737-800’dan foydalanish tavsiya etilmoqda. Boeing kompaniyasi vaziyatga izoh bermadi.
10 mart kuni ertalab Boeing 737 samolyoti Efiopiyaning Debre-Zeyt shahri yaqinida halokatga uchradi. Samolyotda 157 kishi bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida 35ta davlat vakili bor.

Shunga o‘xshash yana bir avialayner 2018 yil Indoneziyada halokatga uchragan. Samolyot parvoz qilganidan 13 daqiqa o‘tib qulagan, 189 kishi halok bo‘lgan.
Boeing 737 MAX - Boeing 737 samolyotlarining to‘rtinchi, eng yangi avlodi. Ushbu seriyadagi samolyotlardan foydalanish 2017 yilda boshlangan. 737 MAX 8 varianti Boeing tarixidagi eng ko‘p sotiluvchi layner sanaladi.
Mavzuga oid

23:25 / 01.08.2025
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi

08:10 / 01.08.2025
AQSh: Xitoyning Rossiya neftini sotib olishi 100 foizlik bojga sabab bo‘lishi mumkin

07:41 / 01.08.2025
Xitoy O‘zbekistonda 500 mln dollarlik investitsiya fondi tashkil etishni taklif qildi

18:33 / 31.07.2025