Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazir o‘rinbosari Mo‘ynoq tumaniga yangi hokim bo‘ldi

Yerpolat Yedenbayev Mo‘ynoq tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda «Makan.uz» xabar bermoqda.
U shu kungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Ma'lumot uchun, Mo‘ynoq tumani hokimi lavozimini 2017 yil may oyidan beri Saylao‘bay Daniyarov egallab kelgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida Mo‘ynoq tumanida barcha zarur infratuzilmalarga ega bo‘lgan zamonaviy shaharcha bunyod etilishi haqida gapirgandi.
Vazirlar MahkamasiQoraqalpog‘iston Republikasining Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, ushbu tuman innovatsiyalar, texnologiyalar va investitsiyalar markaziga aylantiriladi.
«Mo‘ynoq 2019 xayriya jamg‘armasi»ga 6 milliard so‘mdan ortiq xayriya kelib tushdi
Mavzuga oid

11:20 / 07.08.2025
Sudyalar oliy kengashida “rekord”: rais vakolat muddati tugashi arafasida 100 dan ortiq tayinlovni amalga oshirdi

19:26 / 05.08.2025
Samarqand viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

19:08 / 05.08.2025
Samarqand viloyati hokimiga 4 nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:02 / 05.08.2025