Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yoshlar» telekanaliga direktor tayinlandi

Foto: Qobuljon Ahmedov
Qobuljon Ahmedov «Yoshlar» telekanali direktori etib tayinlandi. Bu haqda MTRK majlislar zalida o‘tgan yig‘ilishda ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ning telekanaldagi manbasi.
Qobuljon Ahmedov teleradiokanal direktorligini shu vaqtga qadar o‘zi ishlab kelayotgan «MY5» telekanali va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yoshlar media markazi direktorligi bilan birga davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, «Yoshlar» telekanali direktorligi 2018 yilning sentabr oyida «O‘zbekiston24» telekanaliga rahbar bo‘lgan Madamin Safarovdan keyin bo‘sh qolayotgan va uning birinchi o‘rinbosari Nozimjon Mo‘minov bu vazifani bajarib kelayotgandi.
Qobuljon Ahmedov «Darakchi» gazetasi, «NTT» telekanalida ham ishlagan.
Mavzuga oid

19:38 / 24.09.2018
«Yoshlar» telekanaliga vaqtincha rahbar tayinlandi

15:10 / 26.07.2017
Ozodbek Nazarbekov «Yoshlar» telekanali direktorligidan ketdi

14:50 / 04.07.2017
Ozodbek Nazarbekov «Yoshlar»ga rahbar: ijtimoiy tarmoqlarda reaksiya qanday?

17:30 / 30.06.2017