Ukraina Rossiya bilan asirlarni almashishini e'lon qildi

Foto: Zik
Yaqin vaqt ichida Ukraina va Rossiya tutqunlikda ushlab turilgan asirlarni almashtiradi. Bu haqda Ukraina prezidenti ma'muriyati boshlig‘ining o‘rinbosari Vadim Pristayko ma'lum qildi.
Pristaykoning so‘zlariga ko‘ra, asirlarni almashtirish masalasi 12 iyulda Ukraina, Germaniya, Fransiya va Rossiya tashqi siyosat maslahatchilarining Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida muhokama qilingan.
Pristayko asirlarni almashish «10 ga 10» va «15 ga 15» shakllarida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.
Ma'muriyat shuningdek, 2018 yil noyabrda Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olingan 24 nafar ukrain dengizchilarining ham tez orada ozod qilinishiga umid bildirgan.
Avvalroq Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova Ukrainada 50 nafar rossiyalik asirlikda ekanligini bildirgandi.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

08:59
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

19:59 / 25.04.2025