Abdulaziz Komilov Vashingtonda Zalmay Xalilzod bilan uchrashdi

Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 17 iyul kuni Diniy erkinliklarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan ikkinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun Vashington shahriga O‘zbekiston delegatsiyasiga boshchilik qilib kelgan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha Maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan uchrashdi.
Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlik bo‘yicha muntazam O‘zbekiston – AQSh muloqoti doirasida mazkur mamlakatda tinchlik o‘rnatish borasidagi siyosiy jarayonning hozirgi holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, deyiladi TIV xabarida.
Uchrashuvda Doha shahrida (Qatar) bo‘lib o‘tgan afg‘onlararo konferensiya yakunlari qo‘llab-quvvatlandi va muzokaralar ko‘p yillik afg‘on mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishning yagona usuli ekanligi tasdiqlandi.
AQSh tomoni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan siyosiy jarayonni boshlashga ko‘maklashish hamda energetika va transport sohalarida muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi O‘zbekiston sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Mavzuga oid

11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi

17:07 / 08.04.2025
AQSh O‘zbekistonga noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi

11:34 / 24.03.2025
Abdulaziz Komilov YeIning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori bilan uchrashdi

16:26 / 12.12.2024