Fotoreportaj: Mudofaa vazirligining «Forish» poligoni bo‘ylab tungi sayohat
Bu yil O‘zbekiston birinchi marta o‘z hududida butun jahon bo‘ylab ommalashib borayotgan Xalqaro armiya o‘yinlarini o‘tkazishga hozirlik ko‘ryapti.

Jizzax viloyatida joylashgan «Forish» tog‘ poligoni «ArMI-2019» doirasida o‘tkaziladigan «Harbiy-tibbiy estafeta» musobaqasi ishtirokchilarini kutib olmoqda. Xalqaro musobaqani o‘tkazish uchun yaratilgan zamonaviy va qulay shart-sharoitlardan tashqari poligonda O‘zbekistonning barcha viloyatlari diqqatga sazovor ko‘rgazmalari bilan yig‘ilgan. 12ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri mamlakatimiz mehmonlariga milliy an'ana va udumlari, asrlar davomida saqlanib kelinayotgan tarixiy meroslarimizni namoyish qilmoqda. Shuningdek, mehmonlar bu yerda milliy suvenir buyumlarini xarid qilishi uchun ham imkoniyat mavjud.

Har oqshom O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi tomonidan musobaqa qatnashchilari uchun mahalliy va harbiy estrada guruhlari ishtirokida konsert dasturlari uyushtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, V Xalqaro armiya o‘yinlarining «Harbiy-tibbiy estafeta» tanlovining ochilish marosimi 4 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.























Mavzuga oid

20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi

09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari

16:55 / 22.01.2025
Harbiy-strategik hamkorlik dasturi va 50 ta qo‘shma tadbir - Rossiya mudofaa vazirining O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari

12:38 / 05.01.2025