Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Janubiy Xitoy dengiziga atom aviatashuvchi kemasini yubordi

Foto: AP
Vashington Janubiy Xitoy dengizi akvatoriyasiga atom aviatashuvchi kema Ronald Reagan boshchiligidagi zarbdor guruhni yubordi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, guruh Filippin poytaxti Manilaga yo‘lda dengizdagi bahsli hududlardan o‘tgan. Aviatashuvchi kema bortida filippinlik dengizchilar bo‘lgan. Guruhga qo‘mondonlik qilayotgan Karl Tomasning ta'kidlashicha, AQSh kemalarining bu yerda bo‘lishi mintaqada barqarorlikni mustahkamlashga yordam beradi. “Kemamizdagi shior – kuch pozitsiyasidan tinchlikka erishish”, deb aytgan Tomas.
Janubiy Xitoy dengizida Parasel orollari (Sisha) va Spratli arxipelagi (Nansha) atrofida hududiy bahslar olib boriladi. Bu hududlarga Xitoy, Bruney, Vetnam, Malayziya va Filippin da'vogarlik qiladi. 2013 yil oxiridan Pekin bu yerda sun'iy orollar yaratish va bahsli hududlarni kengaytirish va o‘zlashtirish bo‘yicha katta ko‘lamli gidrotexnik va qurilish ishlari olib boradi.
Nizoning asosiy sababi Malakka bo‘g‘ozi yaqinidagi hudud ustidan nazorat o‘rnatishga urinishlar hisoblanadi. Bu yerdan Xitoy savdosining 60 foizga yaqini va uglevodorodlar importining 80 foizi o‘tadi.
Mavzuga oid

23:50 / 31.07.2025
Kreml AQSh bilan yashirin muzokara olib bordi va Ukraina bo‘yicha yon berishdan bosh tortdi

23:05 / 31.07.2025
AQSh Ukrainadagi urush qachon tugashi kerakligini belgiladi

21:54 / 31.07.2025
Venetsiyadan Parijgacha bo‘lgan uzunlikdagi mega-yashin dunyodagi eng kattasi deb tan olindi

21:09 / 31.07.2025