Yaman yaqinida bortida 55 kishi bo‘lgan parom yo‘qolib qoldi

Foto: DanitaDelimont.com, GlobalLookPress
Yamanning Al-Mahra viloyatidagi portni tark etib, Sokotra oroliga yo‘l olgan parom yo‘qolib qoldi. Paromda 55 kishi bo‘lgan, deb xabar berdi “Sinxua” axborot agentligi.
Yamanlik amaldor Rayod Xuraybiyning aytishicha, parom portni 25 sentyabrda tark etgan va belgilangan manzilga yetib bormagan. Paromning yo‘qolgani haqida 28 sentyabrda xabar qilingan.
Parom yo‘qolgani haqida xabar olingach, u haqida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaga ma'lum qilingan. Shundan keyin tezlikda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlangan.
Mavzuga oid

10:41 / 03.07.2025
Bali sohillari yaqinida parom cho‘kib ketdi

14:08 / 22.06.2025
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh kemalariga hujumlar uyushtirish niyatida

15:41 / 15.05.2025
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi

20:17 / 09.05.2025