Suriyaga Rossiyaning 300 ga yaqin harbiy politsiyachisi keldi

Foto: AFP
Suriyaga Rossiyaning 300 ga yaqin yaqin harbiy politsiyachisi keldi, ular Turkiya chegarasidan kurd otryadlarini olib ketishda yordam beradi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
Avvalroq mudofaa vazirligidagi manba Suriyaga yangi vazifalar paydo bo‘lgani sababli yana 276 nafar harbiy politsiyachi va 33 ta texnika birligi tashlanishini ma'lum qilgan. Suriyaga Chechenistondan bo‘linma yo‘llangan.
Politsiyachilar aholining xavfsizligini ta'minlash va tartibni saqlash, patrullash va “kurd mudofaa otryadlari bo‘linmalari va ularning qurollarini Suriya-Turkiya chegarasidan 30 km nariga olib ketishda ko‘mak ko‘rsatish” bilan shug‘ullanadi.
Ta'kidlanishicha, Suriyaga eng katta tayyorgarlikka va bunday amaliyotlarda ishtirok etish tajribasiga ega harbiylar jo‘natilgan.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

08:59
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

19:49 / 25.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

13:33 / 25.04.2025