Qirg‘izistondagi ko‘mir konida 4 kishi is gazidan halok bo‘ldi

Foto: RIA Novosti
Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi ko‘mir konida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS axborot agentligiga respublika favqulodda vaziyatlar vazirligida ma'lum qilingan.
“Botken viloyatining Laylak tumanidagi ko‘mir konlaridan birida 4 mahalliy fuqaro halok bo‘ldi”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, fojia tashlandiq konda yuz bergan. Odamlarning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlarning jasadlari qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olingan.
Ayni vaqtda voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid

17:57
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

17:12
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi

16:52
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi

11:02