AQShning Bag‘doddagi elchixonasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi
Bag‘doddagi hukumat binolari va diplomatik vakolatxonalar joylashgan «yashil hudud»da portlash sodir bo‘ldi.

Foto: AP
Sky News Arabia telekanali muxbirining xabar berishicha, portlash oqibatida AQSh elchixonasiga olib boradigan yo‘l to‘silib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, 31 dekabrda Iroqda namoyishchilar AQShning Bag‘doddagi elchixonasiga bostirib kirishgan, Vashington bu hujumda Eronni ayblagandi.
AQSh elchixonasi oldidagi norozilik namoyishlari “Kattaib Hizbulloh” shia guruhining AQShning uchuvchisiz parvoz qurilmalari zarbalari vaqtida halok bo‘lgan a'zolari dafn etilgandan keyin boshlangandi.
2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda eronlik mashhur general Qosim Sulaymoniy o‘ldirildi. U shaxsan Donald Trampning topshirig‘i bilan amalga oshirilgan operatsiya natijasida halok bo‘ldi.
Pentagon bu harakat Qosim Sulaymoniy AQSh diplomatlari uchun xavf tug‘dirgan operatsiyalarda qatnashgani va AQShning Bag‘doddagi elchixonasiga amalga oshirilgan hujumda qo‘li borligi sabab amalga oshirilganini ma'lum qildi.
Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xominaiy general Sulaymoniy o‘limi uchun qasos olinishini aytdi.
Mavzuga oid

11:39
«AQSh eng kuchli harbiy uskunalarni ishlab chiqaradi va Isroilda ular juda ko‘p» – Tramp Eronga tahdid qildi

21:55 / 13.06.2025
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi

21:42 / 13.06.2025
Isroil hujumdan oldin Eron qo‘mondonligi a’zolarini aldab bir joyga yig‘di – OAV

16:47 / 13.06.2025