Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Deputat reytingi» onlayn tizimi joriy etilishi mumkin

Foto: KUN.UZ
O‘zbekistonda “Deputat reytingi” onlayn tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida joylashtirildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda mahalliy kengashlardagi deputatlar o‘z vazifalarini to‘liq bajarmaydilar. Shuning uchun, aholining ko‘pchiligi mahalliy kengashlarning deputatlari sayloviga unchalik katta qiziqish bildirmaydi. Chunki, ularning faoliyati natijalarini ko‘rib bo‘lmaydi. Aslida, eng ko‘p ishlashi lozim bo‘lgan va xalq bilan eng yaqin muloqotga kirishadigan vakillar mahalliy kengashlarning a'zolari bo‘lishlari kerak.
Shu sababli, xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlarining faoliyat reytingini joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu orqali ularning ish samaradorligi oshgan bo‘lar edi.
“Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlarining ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida “Deputat reytingi” onlayn tizimini joriy etishni va u bilan barcha fuqarolarning erkin tanishish imkoniyatini yaratishni taklif qilamiz”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Mavzuga oid

08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

16:11 / 12.06.2025
“Konstitutsiyaga zid tartib bekor qilinish kerak” - XDP taksichilar masalasida vazirni gilamga chaqirdi

14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi

11:18 / 23.03.2025