Namanganda o‘lim bilan yakunlangan pichoqbozlik ro‘y berdi
Namangan viloyatida qotillik sodir bo‘ldi

Illyustrativ foto
2020 yilning 07 mart kuni soat 15:00da muqaddam sudlangan 52 yoshli I.M. Norin tumani O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan xiyobonda tanishi, 50 yoshli B.N. bilan o‘zaro janjallashgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u janjal davomida yonida olib yurgan pichoq bilan B.N.ning chap son qismiga urib jarohat yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.
Natijada, jarohatlangan B.N. ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida I.M. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (o‘limga sabab bo‘lgan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. I.M. gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

17:34 / 05.04.2025
Norin daryosida ikkinchi GES qurilishi boshlandi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025