Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijda bo‘lib turgan qancha o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangani ma'lum qilindi
18 aprel holatiga ko‘ra, xorijda bo‘lib turgan jami 73 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangan

Foto: Ilya Pitalev
Bugun, 18 aprel kuni AOKA qoshidagi maxsus shtabda tashkil etilgan onlayn brifingda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Avazbek Hojimetov xorijda bo‘lib turgan qancha O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangani to‘g‘risidagi ma'lumotni ochiqladi.
«2020 yil 18 aprel holatiga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabida mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Avstriya (1), Armaniston (1), AQSh (11), BAA (1), Gretsiya (6), Isroil (1), Koreya Respublikasi (1), Pokiston (5), Rossiya (42), Tailand (1), Turkiya (1), Yaponiya (1) va Qozog‘istonda (6) bo‘lib turgan jami 73 nafar fuqarolarimizda ushbu kasallik aniqlangan», - deya qayd etdi Avazbek Hojimetov.
TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, virusga chalingan fuqarolarimiz bilan o‘sha davlatdagi O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari doimiy aloqada va zarur konsullik-huquqiy yordamlarini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, Avazbek Hojimetov chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan o‘sha davlatdagi karantin talablariga rioya qilishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin 7 aprel holatiga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan jahonning to‘qqiz mamlakatida jami 23 nafar o‘zbekistonlikka koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025