Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun jami 32 bemor tuzaldi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent va Samarqandda 9 nafar bemor sog‘aygani to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 nafar, Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Samarqandda shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan (3 nafari Samarqand shahridan, Past Darg‘om va Toyloq tumanlaridan esa 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari erkak, 3 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichiga 5 yoshda. Viloyatda ayni paytga qadar 249 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 254 nafarga yetdi.
Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafari Surxondaryo viloyatidan, yana 1 nafari esa Tojikiston Respublikasidan. Ularning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichiga 34 yoshda. Endilikda Toshkent shahrida sog‘ayganlar soni 980 nafarga yetdi.
Bundan avvalroq Toshkent va Navoiyda jami 23 nafar bemor koronavirusdan sog‘aygani xabar qilingandi.
Shunday qilib, bugun jami 32 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2668 nafarni tashkil etmoqda. Ayni vaqtda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 673 nafar kishi davolanmoqda, shundan 4 bemor og‘ir ahvolda qolmoqda.
Mavzuga oid

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025