Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kitob tumani hududi karantinga olindi
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududida kirish-chiqish taqiqlandi. Tuman hokimligi matbuot xizmati hudud karantinga yopilgani to‘g‘risida ma'lum qilgan.

Kitob tumanida karantin ehtiyot choralari vaqtincha kuchaytirildi. Bu bilan tuman aholisining kasallikka chalinish xavfidan ko‘proq himoya qilish nazarga tutilgan.
Ayni paytda tuman markaziga kirish-chiqish yo‘llari hamda umumiy vaziyat rahbariyat tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
«Kitob tumanida koronavirus bilan kasallanganlik bo‘yicha gumonlanish holati qayd etilgani, gumonlanuvchi ko‘plab fuqarolar bilan muloqotda bo‘lganligi munosabati bilan ehtiyot chorasi sifatida tuman hududi to‘liq karantinga yopildi. Gumonlanish o‘z tasdig‘ini topgunga qadar karantin talablari keskin kuchaytirilib, kirish-chiqish yo‘llari to‘sildi. Avtotransport va piyoda harakatlanish qat'iy nazoratga olindi.
Barcha fuqarolardan karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etish hamda uyda qolish talab etiladi», deyiladi tuman hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning ogohlantirishlariga qaramasdan maqsadsiz ko‘chada yurish holatlar ko‘p kuzatilayotganini qayd etgan.
Ma'lumot uchun, Qashqadaryo viloyati 1 may kuni koronavirusdan xoli hududga aylangandi.
Canitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi 30 may kuni e'lon qilgan ma'lumotda Kitob tumani ham viloyatdagi boshqa barcha tumanlar kabi «yashil» hudud sifatida ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid

16:16 / 04.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

15:31 / 20.06.2025
Prezident Kitobdagi oltin konini auksion asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha topshiriq berdi

13:35 / 21.01.2025