Beruniydagi yong‘in bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi
Beruniy tumani hokimligi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati
Qayd etilishicha, bugun soat 11:37larda “Ikrom-Azizbek-Akrom” xususiy korxonasiga qarashli ko‘p tarmoqli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in kelib chiqdi.
Yong‘inni bartaraf qilish uchun Yong‘in o‘chirish texnikalari va Favqulodda vaziyatlar bo‘limining maxsus texnikalari yetib kelgan. Yong‘in 13:40da qamrab olindi va 14:10da butunlay bartaraf etildi.
Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q. Hech kimga ziyon yetmagan. Hozirda barcha tozalash ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025