Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Sirdaryoda yangi kasallanish holatlari aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 9 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 3 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3769 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Toshkent viloyatida (6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari aholi orasidan aniqlangan), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan) aniqlangan», deyiladi xabarda.
2 iyun kuni 58ta yangi zararlanish holati qayd etildi, Toshkent va Navoiyda jami 49 bemor tuzaldi, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2908 nafarga (78 foiz) yetdi.
Hozirda shifoxonalarda 846 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025