Apple AQShdagi tartibsizliklar vaqtida o‘g‘irlangan iPhone’larni bloklamoqda
Apple kompaniyasi AQShdagi tartibsizliklar vaqtida kompaniya do‘konlaridan o‘g‘irlangan iPhone’larni bloklamoqda. Ta'kidlanishicha, bunday iPhone’lar ishlamaydi.

Foto: REUTERS
Undan foydalanmoqchi bo‘lgan kishi ekranda qurilmani o‘g‘irlangan do‘konga qaytarishga chaqiruvchi xabarni va “qurilma o‘chirilgani va kuzatilayotgani, mahalliy hokimiyat bu haqida ogohlantirilishi” haqidagi axborotnigina ko‘radi.
Apple tartibsizliklardan biroz oldin koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan karantindan keyin o‘z do‘konlarini ocha boshlagandi va ulardan ba'zilarini tartibsizliklar vaqtida ziyon yetishi xavotirida yopgandi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, Vashington, Los-Anjyeles, San-Fransisko va boshqa shaharlardagi do‘konlarga ziyon yetgan, ularning ba'zilaridan gadjetlar o‘g‘irlab ketilgan.
O‘g‘irlangan smartfonlarning bloklanishi va ortidan kuzatilishi Apple uchun odatiy jarayon hisoblanadi. Buning uchun do‘konlarda sotiluvchi ayfonlarga ular o‘g‘irlanganda faollashuvchi maxsus dastur o‘rnatiladi.
AQShda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan ushlanishi vaqtida o‘lgandan keyin irqchilikka qarshi norozilik namoyishlari boshlanib, ular keyinroq tartibsizliklar va marodyorliklarga aylanib ketgan.
Mavzuga oid

19:38 / 10.06.2025
Dunyodagi eng qimmat 100 ta IT-brend qiymati 3,2 trln dollarga yetdi

16:46 / 10.06.2025
iPhone yangi dizayni, Siri’da kechiktirilgan o‘zgarishlar, iOS26 va Games – Apple WWDC25’da nimalar taqdim qildi?

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025