Dunyodagi eng kuchli superkompyuter ma'lum qilindi
“Top-500” xalqaro loyihasining mutaxassislari Yaponiyaning “Fugaku” superkompyuterini dunyodagi eng tez ishlovchi kompyuter deb tan olishdi. Ushbu qurilma Yaponiyaning tabiiy fanlar institutida joylashgan.

Foto: Getty Images
Ta'kidlanishicha, yapon superkompyuteri sanoatda, sun'iy ong sohasida va katta raqamlarni tahlil qilishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarni namoyish qilgan. Kompyuter bir soniyada 415 kvadrillion (1 kvadrillion 1000 trillionga teng) amalni bajara oladi. Bu esa 2019 yil nobyardan beri reytingda birinchi o‘rinni egallab kelgan, AQShning Ok-Rijdagi milliy laboratoriyasida o‘rnatilgan “Sammit” superkompyuterining tezligidan 2,8 barobar ko‘proqni tashkil qiladi.
“Fugaku” may oyida Kobe shahridagi tabiiy fanlar institutining kompyuter tadqiqotlari markaziga yetkazilgan. U to‘liq quvvat bilan 2021 yil apreldan ishlashi kutilmoqda. Hozircha qurilma boshqa vazifalar bilan bir qatorda koronavirusga qarshi turli vositalarni ishlab chiqishda qo‘llanmoqda.
Mavzuga oid

11:09 / 14.06.2025
Yaponiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

23:50 / 08.06.2025
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi

14:21 / 07.06.2025