Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona tumaniga yangi hokim tayinlandi
Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farg‘ona tumaniga hokimi bo‘ldi.
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman kengashida Shuhratjon Azimjonovich Mo‘minov tumanning yangi hokimi etib tayinlandi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
Podpolkovnik Shuhratjon Mo‘minov muqaddam Rishton tumani IIB boshlig‘i bo‘lgan, 2018 yil iyunidan buyon Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 8 iyul kuni prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektorda 2018 yilning oktyabridan buyon Farg‘ona tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Ilhomjon Nosirov lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid

13:41 / 06.05.2025
Farg‘onada Nexia 3 va Tico to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi jarohatlandi

09:03 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi

10:00 / 02.03.2025
Qir odami: oqbilollik revizor

17:35 / 02.12.2024